AQSh prezidenti Donald Tramp Eron Vashingtonning Eron yadro dasturi bo‘yicha AQSh rahbarining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiven Uitkoff tomonidan avvalroq Tehronga yuborilgan taklifini qabul qilishiga umid qilmoqda.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt ma’lum qildi.
"Maxsus elchi Uitkoff Eron rejimiga juda batafsil va maqbul taklif yubordi. Prezident ular buni qabul qilishiga umid qilmoqda", dedi u jurnalistlarga.
Levitt aks holda Tehron "jiddiy oqibatlarga" duch kelishini qayd etdi.
Seshanba kuni avvalroq Tramp AQSh va Eron o‘rtasidagi potensial kelishuv Islom Respublikasiga uranni har qanday shaklda boyitishini nazarda tutmasligini aytdi.