Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Eronda hukumat rahbarlari o‘zgarishi mumkinligini tan oldi

Tramp Eronda hukumat rahbarlari o‘zgarishi mumkinligini tan oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronda hokimiyat almashish ehtimoli borligini tan oldi.

Bu haqda Amerika yetakchisi Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.

"Rejim o‘zgarishi" atamasini qo‘llash siyosiy nuqtai nazardan to‘g‘ri emas, lekin Eronning hozirgi rejimi Eronni yana buyuk qilishga qodir bo‘lmasa, unda nega rejimni o‘zgartirmaslik kerak?”. - deb yozdi Oq uy rahbari.

Avvalroq Donald Tramp AQSh tomonidan berilgan zarbalar natijasida Eron yadroviy infratuzilmasi jiddiy zarar ko‘rganini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, B-2 bombardimonchi uchuvchilari operasiyani muvaffaqiyatli yakunlab, Missuri shtatiga eson-omon qo‘ndi.

22 iyunga o‘tar kechasi AQSh harbiy-havo kuchlari Eronning Natanz, Fordo va Isfaxonda joylashgan yadroviy inshootlariga yirik zarbalar berdi. Eronning Fars agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Fordodagi ob’ektga ozgina zarar yetgan. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik hech qanday radiasiya oqishi qayd etilmaganini ma’lum qildi.

Eron prezidenti Masud Pezeshkian AQSh Eron yadroviy inshootlariga berilgan zarbalar uchun javob berishi kerakligini aytdi.

Kiritildi: 09:45 23.06.2025. O'qildi: 700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!