AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika kuchlarining zarbalariga qaramay, Eron hali ham o‘zining harbiy salohiyatining bir qismini saqlab qolganini aytdi.
Bu haqda Amerika yetakchisi Vashington yaqinidagi "Endryus" aviabazasida shunday dedi.
"Ularning ba’zi raketalari bor. Ularda ba’zi dronlar bor. Ularning ishlab chiqarish quvvati juda ko‘p emas", dedi Tramp.
U shuningdek, AQSh Hormuz bo‘g‘ozini nazorat qilishini da’vo qildi.
"Biz bo‘g‘ozni nazorat qilamiz, ular esa hech narsani nazorat qilmaydi. Ko‘ramiz, nima bo‘lishini. Lekin bugun kechqurun biz ularga yana juda kuchli zarba beramiz", deb qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.