Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp: "Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi"

Tramp: "Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi"

Eron rasmiylari Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishishni so‘rab qo‘ng‘iroq qilmoqda.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp NBC News telekanali orqali ma’lum qilgan.

"Eron kelishuvga erishish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Endi ularda boshqa imkoniyat bo‘lishi mumkin. Ko‘ramiz", - dedi Tramp.

Isroil hujumlaridan keyin Eron nima uchun hozir kelishuvga erishmoqchi deb o‘ylaysiz, degan savolga u Islom Respublikasi rasmiylari unga shunday takliflar bilan murojaat qilayotganini ta’kidladi.

"Ular meni kelishuv haqida gaplashishga chaqirishmoqda", dedi Tramp.

Kiritildi: 06:38 14.06.2025. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!