Donald Tramp Eron bilan muzokaralarni AQSh hududida o‘tkazishni taklif qildi.
Uning aytishicha, maxsus vakillar — Stiv Vitkoff va Jared Kushnerning Eronga borishi ehtimoli kam.
“Ehtimol yo‘q. O‘ylaymanki, biz buni shu yerda amalga oshira olamiz, yakuniy uchrashuv va imzolash esa boshqa joyda bo‘lishi mumkin”, — dedi Tramp.
AQSh rahbari, shuningdek, mojaroni yakunlash imkoniyati yuqori ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv yaqin vaqt ichida, hatto kelasi haftagacha erishilishi mumkin.
Shu bilan birga, Tramp agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, harbiy harakatlar qayta boshlanishi mumkinligini ham istisno etmadi.