Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Eron bilan mojaroni yadroviy kelishuvsiz tugatishi mumkin

Tramp Eron bilan mojaroni yadroviy kelishuvsiz tugatishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp agar Tehron Hormuz bo‘g‘ozini kemalar uchun to‘liq ochishga rozi bo‘lsa, Vashingtonning Eron bilan mojaroda g‘alabasini e’lon qilishi mumkin. Biroq, Amerika rahbari Eron yadroviy dasturi bo‘yicha yangi kelishuvsiz mojaroni tugatishga tayyor.

Bu haqda The Wall Street Journal AQSh ma’muriyatining ismi oshkor qilinmagan rasmiylariga tayanib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Tramp yadroviy kelishuvsiz mojaroni tugatish istagini yuqori lavozimli yordamchilariga shaxsiy ravishda aytgan. Shuningdek, u qo‘l ostidagilarga 2025 yilda Eronning yadroviy inshootlari vayron qilinganidan so‘ng, Tehron prezidentligining qolgan qismida yadroviy dasturini qayta tiklay olmasligini aytgan. Trampning fikricha, agar Eron bunga urinsa, AQSh razvedkasi buni o‘z vaqtida aniqlay oladi.

Agar Vashington Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar qatnovini tiklashga muvaffaq bo‘lsa va Eronning yadroviy dasturi ustidan nazoratni saqlab qolsa, Tramp sulhni muddasiz uzaytirishi va Eron portlarining blokadasini bekor qilishi mumkin.

AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarshi harbiy operasiya boshladilar. Iyun oyida Vashington va Tehron barcha jabhalarda, jumladan, Livanda ham harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqiruvchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Biroq, 8 iyul kechasi AQSh Tehronni Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha kelishuvni buzganlikda ayblab, Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni qayta boshladi.

Kiritildi: Bugun 08:10. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!