Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Jo Baydenning prostata bezi saratoni tanasining boshqa a’zolariga va suyaklariga tarqalib ketgan

Jo Baydenning prostata bezi saratoni tanasining boshqa a’zolariga va suyaklariga tarqalib ketgan


Bu haqda uning o‘g‘li Hanter Bayden ma’lum qildi. Hanterning ta’kidlashicha, kasallik o‘tib ketgan va otasi kuchli og‘riqdan azob chekmoqda.

"Saraton tarqalib ketgan, otamning suyaklariga va boshqa joylariga metastaz bergan. Bu juda og‘riqli va ko‘p jihatdan insonni holdan toydiradi. Otamning bu ahvolini ko‘rish juda alamli. Salomatligi haqida faqat bir narsani ayta olaman: hozirgi ahvoli yaxshi emas", — dedi Hanter.

Hanterning so‘zlariga ko‘ra, 83 yoshli sobiq prezident jamiyat uchun muhim bo‘lgan masalalarda hamon faol chiqishlar qilmoqda.

Sobiq prezident Oq uyni tark etganidan to‘rt oy o‘tmay, 2025 yilning may oyida o‘ziga saraton tashxisi qo‘yilganinioshkor qilgan. Keyinchalik, uning saratonga qarshi nur terapiyasi bilan davolanishni boshlagani haqida ma’lum qilingandi. Ayni paytda, Jo Bayden mamlakatda oraliq saylovlardan so‘ng “Menga va’da ber, Amerika” nomli xotira kitobini nashr etishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 20:52 09.08.2026. O'qildi: 751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!