Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

FIFA Erondagi vaziyat fonida JCH-2026 haqida bayonot berdi

FIFA Erondagi vaziyat fonida JCH-2026 haqida bayonot berdi

FIFA bosh kotibi Mattias Grafstryom mintaqadagi keskin harbiy vaziyat fonida JCH-2026 xavfsizligiga oid savolga javob berdi.

"Men ham bugun ertalab siz kabi Eron haqidagi yangiliklarni o‘qidim. Bugun bizda uchrashuv bo‘lib o‘tdi va hozircha batafsil izoh berishga erta, biroq biz dunyodagi barcha voqealar rivojini kuzatib boramiz. Vashingtonda barcha jamoalar ishtirokida final bosqichi uchun qur’a tashlandi va endi asosiy vazifamiz — barcha jamoalar ishtirokida jahon chempionatini xavfsiz o‘tkazishni ta’minlashdir. Biz har qanday holatda ham mezbonlik qiluvchi uch davlat hukumatlari bilan doimiy aloqada bo‘lishda davom etamiz", — deya Grafstryomning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika stadionlarida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 10:43. O'qildi: 537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!