AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Isroil va HAMAS o‘rtasida kelishuvga erishishdagi muhim rolini ta’kidlab, uning muzokaralarda shaxsiy ishtirokini qayd etdi.
Tramp bu haqda Oq uyda prezidentlar kabinetining yig‘ilishida ma’lum qilgan.
"Men Qatar, Misr va Turkiya rahbarlariga bu aql bovar qilmaydigan muvaffaqiyatga erishishimizga yordam bergani va biz bilan birga ekanligi uchun chuqur minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Va, albatta, siz bilganingizdek, Saudiya Arabistoni, Iordaniya va boshqa ko‘plab davlatlar... Aytishim kerakki, Prezident Erdo‘g‘on HAMAS va boshqa partiyalar bilan muzokaralarda shaxsan ishtirok etdi va u hayratlanarli ish qildi" - dedi Tramp.