Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp ehtimoliy vorislarini oshkor qildi: Vens va Rubio orada

Tramp ehtimoliy vorislarini oshkor qildi: Vens va Rubio orada

AQSh Prezidenti Donald Tramp vise-prezident Jey Di Vens va davlat kotibi Marko Rubioni o‘zining ehtimoliy vorislari sifatida tilga oldi.

U shu haqda NBC News telekanaliga bergan intervyusidagi savolga javoban:

"Bu haqda gapirishga hali erta, lekin mening vise-prezidentim bor. Jey Di [Vens] ajoyib ish qilyapti", — dedi Tramp. "Marko [Rubio] ham zo‘r".e

Shu bilan birga, Tramp Respublikachilar partiyasida "etakchi bo‘la oladigan va oliy davlat lavozimiga da’vogarlik qilishi mumkin bo‘lgan yaxshi insonlar ko‘p"ligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Tramp uchinchi marta prezidentlikka saylanish niyati yo‘qligini va 2028 yili rahbarlikni "idealda — buyuk respublikachilardan biriga" topshirajagini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 20:08 04.05.2025. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!