Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp: "Dengiz blokadasi bekor qilinsa, Eron bilan kelishuvga erishish imkonsiz"

Tramp: "Dengiz blokadasi bekor qilinsa, Eron bilan kelishuvga erishish imkonsiz"

AQSh prezidenti Donald Tramp dengiz blokadasi bekor qilinsa, Eron bilan kelishuvga erishish imkonsiz bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Amerika yetakchisi bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.

Uning ta’kidlashicha, Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopishdan manfaatdor emas, chunki u bu suv yo‘li orqali kemalarning o‘tishidan kuniga 500 million dollar daromad oladi.

Ularning bo‘g‘ozni yopiq holda saqlashni istashi haqidagi bayonotlari shunchaki men uni butunlay to‘sib qo‘yganim va endi ular shunchaki "obro‘sini saqlab qolishga" harakat qilayotgani bilan bog‘liq. Biroq, agar biz bu qadamni qo‘ysak (Hormuzdagi Eron kemalarining blokadasini tugatish uchun), Eron bilan kelishuv hech qachon amalga oshmasligi mumkin", deb yozgan Tramp.

Kiritildi: Bugun 11:50. O'qildi: 448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!