Bugun 7 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp Butun Yevropaga daxldor «katta kelishuv»ni e’lon qildimi?

Tramp Butun Yevropaga daxldor «katta kelishuv»ni e’lon qildimi?

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Ukrainadagi nizoni hal qilish bo‘yicha «katta va go‘zal kelishuv» tayyorlanayotganini va u nafaqat Ukrainaga, balki butun Yevropaga daxldor bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Tramp Vashingtonda Kreml vakili Kirill Dmitriyev bilan o‘tkazilgan uchrashuvni tasdiqlagan bo‘lsa-da, muzokaralar tafsilotlarini oshkor qilishdan bosh tortdi. «Bu juda katta kelishuv bo‘ladi. U nafaqat Ukrainani, balki, ehtimol, butun Yevropani qamrab oladi», — dedi u va yakuniy natijadan «barcha tomonlar mamnun bo‘lishini» qo‘shimcha qildi.

Bir kun avval AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp Oq uyda Rossiya va Ukraina vakillari — Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev, inson huquqlari bo‘yicha vakili Yana Lantratova hamda Ukraina parlamentining «Xalq xizmatchisi» fraksiyasi rahbari David Araxamiya va inson huquqlari bo‘yicha vakili Dmitriy Lubines bilan uchrashgan edi.

BILD va AP manbalariga ko‘ra, uchrashuv Xerson viloyatining Rossiya tomonidan egallangan Oleshki shahrida insonparvarlik yordamini yetkazish va aholini evakuasiya qilish uchun vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga bag‘ishlangan. Bu kelishuvda Melaniya Tramp bevosita vositachi (personal vositachi) sifatida ishtirok etgan.

Kelasi haftada Abu-Dabida Rossiya, Ukraina va AQSh vakillarining uch tomonlama muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Biroq bu muzokaralarning Tramp tomonidan e’lon qilingan keng ko‘lamli kelishuvga qanchalik aloqadorligi hozircha aniq aytilmagan.

Kiritildi: 23:06 06.11.2026. O'qildi: 901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik