AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Xitoyga nisbatan bojxona to‘lovlarini 100 foizga oshirishi va 1 noyabr yoki undan oldinroq eksport nazoratini joriy etishini ma’lum qildi.
Tramp bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Tramp "Biz Xitoyning o‘ta agressiv pozisiyani egallaganini endigina bilib oldik", deb ta’kidlab, 1 noyabrdan boshlab "deyarli barcha mahsulotlarga eksport nazorati o‘rnatishini" e’lon qildi. AQSh prezidenti buni "yillar avval ishlab chiqilgan reja"ning bir qismi deb ta’rifladi.
Bunga javoban Tramp 1 noyabr yoki undan oldinroq Pekinning harakatlariga qarab, AQSh "Xitoyga har qanday tariflarni 100 foizga oshirishi"ni va "barcha muhim dasturiy ta’minotga eksport nazoratini o‘rnatishini" aytdi.