Minskda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) davlatlari rahbarlari ishtirokidagi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishiga bag‘ishlangan IV Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Putin Ukraina bilan tinchlik muzokarlari haqida
▪️Muzokaralarning dastlabki ikki raundi – gumanitar masalalarni hal qilishga yordam berdi. Biz asirlar bilan almashdik va qurbon bo‘lgan askarlar jasadlarini topshirdik.
▪️Rossiya Ukrainaga yana 3 mingga yaqin askarlar jasadlarini topshirishga tayyor.
▪️Rossiya Ukraina bilan muzokaralarning uchinchi raundiga tayyor, delegasiyalar rahbarlari sanani muhokama qilmoqda.
▪️Ukraina va Rossiya memorandumlari bir-biriga qarama-qarshi buning ajablanarli joyi yo‘q.
▪️Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar tekislasha boshladi, dastlabki qadamlar qo‘yildi.
▪️Tramp bilan uchrashuv bo‘lishi mumkin: biz uni mamnuniyat bilan tayyorlaymiz.