Bugun 6 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp bilan birga ovqatlanish necha pulga tushishi ma’lum qilindi

Tramp bilan birga ovqatlanish necha pulga tushishi ma’lum qilindi

AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uning Mar-a-Lago qarorgohida yakkama-yakka o‘tirib ovqatlanish (kechki ovqat) 5 mln dollarga tushadi. Wired portali bu haqda o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Shuning barobarida, Tramp bilan kechki ovqatda ko‘pchilik bo‘lib qatnashilsa, kishi boshiga 1 mln dollardan to‘lash kerak bo‘ladi, qo‘shimcha qildi nashr.

Ta’kidlanishicha, taklif juda cheklangan, kamiga Tramp bilan «ovqatlanish chiptasi»ni qo‘lga kiritish uchun «jonli navbat»da turish lozim.

Eslatib o‘tamiz, Tramp inaugurasiyasi oldidan AQSh milliy galereyasida tashkil etilgan ziyofat chiptasi narxi 200 mln dollardan oshib ketgandi.

Kiritildi: 04:56 05.03.2025. O'qildi: 2187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!