Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp besh million dollarlik "oltin kartasi"ni ko‘rsatdi

Tramp besh million dollarlik  "oltin kartasi"ni ko‘rsatdi

AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi va besh million dollar evaziga AQSh fuqaroligini olish imkonini yaratuvchi "oltin karta"ni ko‘rsatdi.

Oltin rangli to‘rtburchak plastikda Trampning surati tushirilgan va "Tramp kartasi" deb yozilgan. Prezident samolyotida u bilan birga uchayotgan jurnalistlarga Tramp bunday kartalar sotuvini "keyingi bir-ikki hafta ichida" yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganini ma’lum qildi. AQSh prezidenti, shuningdek, aynan o‘zi "Tramp kartasi"ning birinchi egasi ekanligini ta’kidladi.

Tramp "oltin kartalar"ni besh million dollarga sotish rejalari haqida dastlab 25 fevralda e’lon qilgan edi. O‘shanda ham AQSh prezidenti dastur "ikki haftadan so‘ng" ishga tushirilishini aytgan edi.

Jurnalistlarning "rus oligarxlari" bunday kartani xarid qila oladimi, degan savoliga javob berar ekan, Tramp buning uchun hech qanday to‘siq ko‘rmayotganini bildirdi. "Men ba’zi rus oligarxlarini bilaman, ular juda yoqimli odamlar," dedi u.

AQShda hozirda EB-5 dasturi ishlamoqda, uning doirasida taxminan bir million dollar sarmoya evaziga mamlakatda yashash va ishlash huquqini beruvchi grin-karta olish mumkin.

Kiritildi: 21:22 04.04.2025. O'qildi: 979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!