AQSh Prezidenti Donald Tramp sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyatini Ukrainaga harbiy yordam berish orqali Amerika armiyasi zaxiralarini xavf ostiga qo‘yganlikda aybladi. Bu haqda u "Real America's Voice" radiostansiyasi efirida gapirdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, hozirda AQSh armiyasida o‘q-dorilar yetarli, biroq Ukrainaga 300 milliard dollarlik qurol-yarog‘ o‘tkazib berilgani sababli zaxiralar kutilganidan ancha kam bo‘lishi mumkin.
Vaziyatning jiddiyligini boshqa nufuzli nashrlar ham tasdiqlamoqda. Xususan, The New York Times manbalari Eronga qarshi operasiyalar tufayli AQSh qurol zaxiralari muhim darajaga tushib qolganini xabar qildi. Hozirda mamlakatda 1700 tadan kam "Patriot" tutuvchi raketlari qolgan va arsenalni qayta to‘ldirish uchun ikki yildan ortiq vaqt talab etilishi mumkin.
The Washington Post nashri esa Donald Tramp ushbu o‘q-dorilar taqchilligi bo‘yicha Pentagon rahbari Pit Xegsetdan zudlik bilan tushuntirish talab qilgani va Mudofaa vazirligi rahbariyati ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkazgani haqida yozdi.