Bugun 18 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Trampning kuyovi Netanyahuni 4 soat davomida G‘azo bo‘yicha rejaga ko‘ndirishga urindi

Trampning kuyovi Netanyahuni 4 soat davomida G‘azo bo‘yicha rejaga ko‘ndirishga urindi


AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Jared Kushner 17 avgust kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan 4 soatdan ortiq uchrashuv o‘tkazdi. U Netanyahuga prezident Tramp qo‘llab-quvvatlayotgan G‘azo bo‘yicha rejaga to‘sqinlik qilmaslikni talab qilib, bosim o‘tkazdi. Bu haqida muzokaralar bilan tanish bo‘lgan Isroil manbasi CNN'ga ma’lum qildi.

Yuqori martabali Isroil mulozimining aytishicha, Netanyahu Kushnerga HAMAS to‘liq qurolsizlantirilmaguncha Isroil G‘azodan o‘z kuchlarini olib chiqmasligini va sektorda qayta qurish ishlarini boshlashga ruxsat bermasligini aytgan.

"Iyul oyida ushbu 15 banddan iborat rejani rad etgan Netanyahu, oktyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan Isroildagi parlament saylovlari sababli ushbu reja bo‘yicha siljishga erishish “muammoli” ekanini bildirgan. O‘ng qanot saylovchilarining qo‘llab-quvvatlashiga umid qilayotgan va so‘rovnomalarda ortda qolayotgan Netanyahu saylov oldidan G‘azo masalasi bo‘yicha yon berishni istamayapti", deya qayd etdi CNN.

Shuningdek, Netanyahu va Kushner HAMAS qurollarini topshirish jarayonini amerikalik general nazorat qilishi bo‘yicha kelishib oldi. Bu vayron bo‘lgan anklavni qurolsizlantirishdagi birinchi qadam bo‘ladi.

Uchrashuvda Tinchlik kengashi direktori Nikolay Mladenov va Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler ham ishtirok etdi. Netanyahuning idorasi bergan rasmiy axborotga ko‘ra, guruh qurolsizlantirish hamda sanitariya, ichimlik suvi va jamoat salomatligi masalalari bo‘yicha ishchi guruhlar tuzishga kelishib olgan.

Boshqa bir manbaning so‘zlariga ko‘ra, Netanyahu HAMASni batamom yo‘q qilish bo‘yicha amaldagi siyosatni o‘zgartirish niyatida emas.

Kiritildi: 23:20 17.08.2026. O'qildi: 912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!