AQSh prezidenti Donald Tramp Ummon Ho‘rmuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyatni tartibga solishga to‘sqinlik qilsa, mamlakatga harbiy zarba berish bilan tahdid qildi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
"Agar Ummon yo‘limizga to‘sqinlik qilsa, ularni dabdala qilib bombardimon qilamiz", — dedi Tramp.
Fox News ma’lumotiga ko‘ra, Tramp bu bayonotni AQSh va Eron o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi muddati yakunlanishi arafasida bergan. Ayni paytda Eron Ummon bilan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish masalasida muzokaralar olib borayotganini bildirgan.