Kiyevdagi perinatal markaz rahbari Dmitriy Govseevning aytishicha, Ukraina aholisini tabiiy yo‘l bilan tiklash uchun har bir ayolga o‘rtacha 8 nafardan bola to‘g‘ri kelishi kerak.
Biroq mutaxassis buni amalda deyarli imkonsiz deb baholagan.
Uning fikricha, demografik vaziyatni yaxshilashda xorijga ketgan ukrainaliklarning qaytishi muhim omil bo‘lishi mumkin. Ammo ularning vatanga qaytish istagi past ekani ta’kidlangan.