Markaziy bank 18 avgustdan amal qiladigan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kurslarini belgiladi.
Unga ko‘ra, AQSh dollari 33,83 so‘mga arzonlab, 11 857,35 so‘mni tashkil qildi. Bu dollar kursining so‘nggi qariyb uch yildagi eng past ko‘rsatkichidir.
Dollar 2023 yil 8 avgustda 11 675,01 so‘m bo‘lganidan keyin rasmiy kurs hech qachon 11 857 so‘mdan pastlamagan.
Tijorat banklarida dollarning xarid qilish kursi 11 800–11 885 so‘m, sotish kursi esa 11 400–11 900 so‘m atrofida shakllangan.