Eron armiyasi amerikalik harbiyni o‘ldirgan yoki asirga olib topshirgan shaxslarga 30 ming dollar yoki 5 mlrd tuman mukofot berishini ma’lum qildi. Eronlik ayollar uchun mukofot ikki baravar ko‘p bo‘ladi.
Armiya bosh qo‘mondoni general Amir Hotamiyga ko‘ra, reja "moliyaviy jihod"da ishtirok etish istagini bildirganlar ko‘pligi sababli ishlab chiqilgan.
Hotamiy yana amerikalik harbiyga qarshi ishlatilgan qurol armiya tomonidan bozor narxidan ikki baravar qimmatga sotib olinishi va egasiga yangi qurol berilishini aytdi. Sotib olingan qurol esa maxsus muzeyda saqlanadi.
General AQSh harbiylarining Fors va Ummon ko‘rfazlari hamda Ho‘rmuz bo‘g‘oziga kirishiga Eron endi yo‘l qo‘ymasligini ham ta’kidladi.
U Ho‘rmuzni mamlakatning geosiyosiy imkoniyati deb atab, bu omil AQSh bilan urushni tugatish shartlaridan biri bo‘lishini bildirdi.
Bayonot AQSh prezidenti Donald Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozini urushdan keyin Amerika hududi deb e’lon qilish niyati haqida gapirganidan so‘ng yangradi. Hotamiy bunga javoban Tehron bo‘g‘oz ustidan nazorat masalasida yon bermasligini bildirdi.