Isroilda hukmron «Likud» partiyasi 27 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan ovoz berish arafasida saylovoldi plakatida Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdogan suratidan foydalandi.
Tel-Avivda joylashtirilgan reklama bannerida Erdogan bilan bir qatorda Eron rahbari Mujtabo Xomanaiy, «Hizbulloh» bosh kotibi Naim Qosim va Nyu-York meri Zoxran Mamdani ham tasvirlangan.
«Ular Netanyaxuning mag‘lub bo‘lishini istashmoqda. Ularga g‘alaba qozonishga yo‘l qo‘ymang», — deyiladi plakatda.
Shu tariqa Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi partiya xorijiy siyosatchilar obrazlaridan saylovoldi tashviqotida foydalanib, ularni amaldagi hukumat rahbarining g‘alabasiga qarshi kuchlar sifatida ko‘rsatmoqda.
Isroilda parlament saylovlari 27 oktyabrga belgilangan. Ovoz berish sanasi yaqinlashgani sayin isroillik siyosatchilar saylovoldi kampaniyasida Turkiya va Erdogan mavzusiga tobora ko‘proq murojaat qilmoqda.