Tramp Tennessi shtatida saylovchilar bilan uchrashuvda so‘zlar ekan, Ontario ko‘lini «Amerika ko‘li» deb qayta nomlash tashabbusini ham esladi.
«Men Atlantika yoki Tinch okeani haqida o‘yladim. Biz uni “Tramp okeani” yoki “Amerika okeani” deb ataymiz. Buni lavozimimni tark etishimdan oldin amalga oshirishimiz kerak», — dedi u.
Avvalroq Tramp ma’muriyati Hurmuz bo‘g‘ozini ham Amerika prezidenti sharafiga qayta nomlash imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgan edi.
Tramp ilgari Ontario ko‘lini «Amerika ko‘li» deb qayta nomlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. Biroq Kanada bosh vaziri Mark Karni mamlakatda ko‘lning avvalgi nomi saqlanib qolishini bildirgan.