Unga ko‘ra, AQSh Eronning yadro quroli yaratish imkoniyatini yo‘q qilgan, mamlakatda esa “vazminroq yetakchilar” hokimiyatga kelgan. Vashington Tehron bilan kelishuvdan qat’i nazar, operasiyani tugatib, mintaqani tark etadi.
“Eron iqtisodiyoti va harbiy salohiyati jiddiy zaiflashtirildi, operasiyani davom ettirishga ehtiyoj qolmadi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, Oq uy rahbari AQSh vaqti bilan bugun soat 21:00 da Eron masalasi bo‘yicha xalqqa murojaat qilishi kutilmoqda.