Bugun 12 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp AQShning xusiylarga qarshi zarbalarga qo‘shilishini istisno qilmadi

Tramp AQShning xusiylarga qarshi zarbalarga qo‘shilishini istisno qilmadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Saudiya Arabistonining xusiylarga qarshi zarbalariga qo‘shilishi mumkinligini istisno qilmadi.

Saudiya Arabistoni Fuqaro aviasiyasi bosh boshqarmasi shanba kuni Ar-Riyod xalqaro aeroportiga qilingan raketa hujumi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgani va 309 kishi jarohatlanganini tasdiqladi. Yamandagi xusiylar harakati ushbu hujum uchun hozircha javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Mazkur harakat Saudiya Arabistoni bilan mojaro doirasida mamlakat hududidagi ob’ektlarga vaqti-vaqti bilan zarbalar berib keladi.

Jurnalistlar AQSh prezidentidan Vashington Saudiya Arabistonining xusiylarga qarshi harbiy harakatlariga qo‘shilishi mumkinmi, deb so‘rashgan.

«Balki. Biz bu masalani ko‘rib chiqamiz. Biz yaqinda sodir bo‘lgan hujum haqidagina xabar topdik. Qaror qabul qilamiz. Biz juda tez harakat qilyapmiz», — dedi Tramp.

Yamanning «Ansorulloh» harakati (xusiylar) bilan Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlayotgan hukumatparast armiya o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilik to‘rt yillik nisbiy sukunatdan so‘ng iyul oyining o‘rtalaridan boshlab qayta avj oldi.

Shu vaqt ichida xusiylar Qizil dengizning g‘arbiy sohilidagi hududlar va Bobul-Mandab bo‘g‘ozi yaqinidagi shaharlarni egallab olgan.

Dushanba kuni Yamanning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hukumati mamlakat poytaxti Sana shahrini xusiylardan ozod qilish bo‘yicha operasiya boshlanganini e’lon qildi.

Kiritildi: 08:12 11.10.2026. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!