Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Tramp AQShning barcha tashqi yordam dasturlarini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Tramp AQShning barcha tashqi yordam dasturlarini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Prezident Tramp AQShning barcha tashqi yordam dasturlarini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

"Cheklovlar AQSh tashqi siyosatiga muvofiqligi tekshirilguniga qadar 90 kun amal qiladi", deya xabar beradi agentlik.

Farmonda ko‘rsatilishicha, tashqi yordam dasturlari va byurokratiyasi Amerika manfaatlariga mos kelmaydi va ko‘p hollarda uning qadriyatlariga ziddir, qolaversa, dunyoni beqarorlashtirishga xizmat qilmoqda".

"Mamlakatning hech qaysi tashqi yordam dasturi AQSh prezidentining tashqi siyosatiga to‘liq mos kelmaydigan tarzda tasdiqlanmaydi", — deya ta’kidladi Donald Tramp.

Kiritildi: 10:19 21.01.2025. O'qildi: 849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!