Eron va AQSh bir necha kun oldin hamkorlikni to‘xtatgani haqidagi xabarlar yolg‘on va noaniq.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoq sahiqasida yozdi.
"Biz to‘rt kun oldin, uch kun oldin, ikki kun oldin, bir kun oldin va bugun kabi uzluksiz muzokaralar olib bormoqdamiz. Ular qayerga olib borishi noma’lum, lekin men Eron rasmiylariga aytganimdek: "U yoki bu tarzda kelishuvga erishish vaqti keldi. Siz buni 47 yildan beri qilyapsiz va bu shunday davom eta olmaydi!", deyiladi nashrda.