AQSh prezidenti Donald Tramp urush vaziri Pit Xegsetni lavozimidan ozod qilishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi.
Amerika yetakchisining fikricha, Xegset o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarmoqda.
«Yo‘q, menimcha, u o‘z ishini juda yaxshi uddalayapti», — deya Trampning so‘zlarini keltirmoqda TASS agentligi.