Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp: "AQSh TikTok ustidan nazorat qiladi"

Tramp: "AQSh TikTok ustidan nazorat qiladi"

Xitoyning TikTok ijtimoiy media platformasi sotuvi boshlandi va Qo‘shma Shtatlar nazoratni saqlab qoladi.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, TikTok bitimi ustida ish olib borilmoqda va investorlar tayyorgarlik ko‘rmoqda. AQSh ma’muriyati kelishuv tuzilgan taqdirda ham Xitoy ijtimoiy media platformasi ustidan qandaydir nazoratni saqlab qolishidan xavotirdami, degan savolga Tramp buni rad etdi.

"Biz buni juda qattiq nazorat qilamiz", dedi u.

The Wall Street Journal (WSJ) manbalariga tayanib xabar berishicha, Tramp ma’muriyati TikTok savdosi shartlariga ko‘ra investorlardan ko‘p milliard dollarlik to‘lov olishni kutmoqda.

Ta’kidlanishicha, investorlar Xitoy bilan muzokaralar olib borish va kelishuvni yakunlash uchun ma’muriyatga haq to‘lashlari kerak bo‘ladi. To‘lov tartibi va aniq summasi hozircha aytilmagan, chunki kelishuv bo‘yicha muhokamalar hamon davom etmoqda. Umuman olganda, AQSh ma’muriyati investorlardan milliardlab dollar olishi mumkin. Bu "kelishuvni tashkil qilish uchun katta narx yorlig‘i", deb ta’kidlaydi WSJ.

Gazetaning yozishicha, amerikalik sarmoyadorlar konsorsiumi aksiyalarning taxminan 80 foizini oladi, Xitoyning ByteDance kompaniyasining ulushi esa 20 foizdan kam bo‘ladi.

Kiritildi: 11:45 20.09.2025. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!