AQSh prezidenti o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida amerikalik harbiylar uning buyrug‘i bilan Nigeriyaning shimoli-g‘arbiy qismida ISHID terrorchilik guruhiga zarbalar berganini yozdi.
Trampning aytishicha, bu “terrorchi axlatlar” ko‘p yillar davomida asosan begunoh nasroniylarga hujum qilib, ularni shafqatsizlarcha o‘ldirib kelgan.
"Men ilgari ham bu terrorchilarni “agar ular nasroniylarni o‘ldirishni to‘xtatmasa, buning uchun juda katta tovon to‘lashadan” ogohlantirgandim, xuddi shunday bo‘ldi ham", — deb yozdi AQSh prezidenti.