Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Akmal Shukurovni ozodlikka chiqargan sudyalar ishdan haydaldi

Akmal Shukurovni ozodlikka chiqargan sudyalar ishdan haydaldi

Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalari Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Abidov va Muhtarama Turg‘unova, shuningdek, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Murodjon Mirzajonov odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun lavozimidan ozod qilindi. Ularning sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

Ma’lumot uchun, bu sudyalarning qarori bekor qilinib, Shukurov yana qamoqqa qaytgan.

Kiritildi: Bugun 07:00. O'qildi: 654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!