Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya sobiq SSSRning Yevropa qismidagi hududlarini qaytadan egallashni istaydi(mi)?

Rossiya sobiq SSSRning Yevropa qismidagi hududlarini qaytadan egallashni istaydi(mi)?

Reuters'ning Rossiya sobiq SSSRning Yevropa qismidagi hududlarini qaytadan egallashni istayotgani haqidagi xabari mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — Rossiya prezidenti matbuot kotibi.

Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, bunday hisobotlar mavjudligi haqidagi ma’lumotlar qanchalik ishonchli ekani noma’lum.

"Biz bu borada qandaydir xabarlarni ko‘rdik. Bu razvedkaning xato mulohazalari va xulosalari toifasiga kiradi. Bu mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", — dedi Kreml vakili.

Avvalroq Reuters agentligi AQSh razvedkasi ma’lumotlariga tayanib Putin butun Ukrainani egallash va Yevropaning ilgari SSSR tarkibiga kirgan ayrim hududlarini Rossiyaga qo‘shib olishni istashi haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: Bugun 17:10. O'qildi: 602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!