Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Toshkentda yolg‘on yong‘in bahonasida pul yig‘ib, mashina olgan qiz ustidan shikoyat kelib tushmadi"

"Toshkentda yolg‘on yong‘in bahonasida pul yig‘ib, mashina olgan qiz ustidan shikoyat kelib tushmadi"

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov uyi yong‘indan zarar ko‘rganini aytib, aholidan pul yig‘ib, so‘ngra mashina sotib olganini ma’lum qilgan 19 yoshli bloger qiz bilan bog‘liq holat bo‘yicha izoh berdi.

Dekabr oyi boshida qiz ijtimoiy tarmoqlarda uyi yonib ketganini ma’lum qilgan va xonadonni tiklash uchun mablag‘ yig‘ishda yordam so‘ragan. Oradan vaqt o‘tgach, u tarmoqqa video joylagan va o‘ziga yangi avtomobil xarid qilganini aytgan.

Qayd etilishicha, bloger bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan bo‘lib, u yong‘in haqidagi videolarni obunachilar sonini oshirish va moddiy manfaat olish maqsadida joylaganini tan olgan. Shuningdek, blogerga bunday harakatlar jamoatchilik shov-shuvini keltirib chiqarishi va jamiyatda salbiy munosabat uyg‘otishi tushuntirilgan.

“Bugungi kunga qadar uning xatti-harakatlari ustidan shikoyat kelib tushmadi. Agar uning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan yoki moddiy manfaatlari buzilayotganini bildirgan fuqarolardan murojaat kelib tushsa, biz bu masalani, albatta, ko‘rib chiqamiz va tegishli chora ko‘ramiz,” degan Shohrux G‘iyosov.

Kiritildi: 23:37 25.12.2025. O'qildi: 470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!