Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Akmal Shukurovning jazosini yengillashtirgan sudya "jazolandi"

Akmal Shukurovning jazosini yengillashtirgan sudya "jazolandi"

Akmal Shukurov ishi bo‘yicha jazoni yengillashtirgan sudya lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.

Prezidentning 2025 yil 25 dekabrdagi farmoyishlariga muvofiq:

Mirzajonov Murodjon Kodirovich – yozma arizasiga binoan hamda odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 79-moddasi 1-qismining 2,10-bandlariga asosan sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilib, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek:

G‘aniyev Farxodjon Boqijonovich ‒ sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyat sudi raisi lavozimidan ozod etildi.

Ababakirov Murodjon Abduqoxorovich ‒ sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari ‒ jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq, Akmal Shukurov ishini ko‘rgan sudyalarga xizmat tekshiruvi tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Kiritildi: 21:37 25.12.2025. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!