25 avgust kuni Qo‘shma Shtatlar Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Jon Retkliffning Moskvaga uchib kelgani haqida bir vaqtning o‘zida bir nechta ommaviy axborot vositalari xabar bergandi.
MRB direktorining Moskvaga tashrifini chorshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp ham tasdiqladi. U bu haqda Glenn Bekning tok-shousida aytib o‘tdi.
"Turli xil mish-mishlar yuribdi – Putin NATO'ning qat’iyatini sinab ko‘rmoqchiligidan tortib, Buyuk Britaniyaga zarba bermoqchiligigacha. Biz ularga Eron sanksiyalariga jiddiy yondashayotganimiz haqida xabar bermoqchi bo‘lganimizni ham aytishmoqda. MRB direktori yarim tunda ruslar bilan uchrashish uchun nega Moskvaga borganini tushuntirib bera olasizmi?", —deb so‘radi Bek.
"Bularning hech biri emas. Bu o‘ziga xos qisman odatiy jarayon. Odamlarning hafsalasini pir qilayotganimdan afsusdaman. Biz Ukrainadagi urush tugashini xohlaymiz. Agar men prezident bo‘lganimda bu urush hech qachon boshlanmas edi. Jon Retkliff ajoyib inson. Biz bu urush tugashi uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiryapmiz", — deya javob berdi Oq uy rahbari.