Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp AQSh Kongressi ustidan nazoratni yo‘qotish arafasida

Tramp AQSh Kongressi ustidan nazoratni yo‘qotish arafasida

AQShdagi Kongress saylovlarida demokratlar bir qator muhim hududlarda g‘alaba qozonyapti. Ular Shimoliy Karolinada respublikachilarga tegishli Senat o‘rnini qo‘lga kiritdi, Jorjiya va Nyu-Hempshirda esa o‘z o‘rinlarini saqlab qoldi.

Demokratlar Kongressning quyi palatasini egallasa, prezident qolgan ikki yilda qonunlar va byudjet bo‘yicha ular bilan kelishishga majbur bo‘ladi. Shuningdek, AQShda demokratlar Senat uchun kurashda 7 ta muhim shtatda yetakchilik qilmoqda:

Michigan — Abdul El-Sayed (musulmon nomzod)
Kanzas — Adam Hemilton
Ogayo — Sherrod Braun
Men — Troy Jekson
Texas — Jeyms Talariko
Janubiy Karolina — Enni Endryus (g‘alaba qozongan)
Shimoliy Karolina — Roy Kuper (g‘alaba qozongan)

AQShda oraliq saylovlarning dastlabki prognozlariga ko‘ra, demokratlar partiyasi senatda ham, Vakillar palatasida ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritmoqda. Boshqacha aytganda, kongress demokratlar nazoratiga o‘tadi. Ovozlarni sanash davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:42. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!