Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni olib chiqishni boshlashini ma’lum qildi

Tramp AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni olib chiqishni boshlashini ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonga Yaqin Sharqdagi mojaroda ishtirok etmayotgan davlatlar murojaat qilgan. Ularning kemalari mojaroga "hech qanday aloqasi bo‘lmasa-da", bo‘g‘ozda qolib ketgan.

Ushbu amaliyot “Project Freedom” (“Ozodlik loyihasi”) nomini oldi va u Yaqin Sharq vaqti bilan dushanba kuni ertalab boshlanishi kerak.

Tramp AQSh kemalar va ekipajlarni xavfsiz olib chiqish uchun "barcha choralarni ko‘rishini" ta’kidladi. Shuningdek, u Qo‘shma Shtatlar vakillari Eron bilan "juda ijobiy" muzokaralar olib borayotganini qayd etdi.

Eron kemalarning Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali olib chiqilishiga rozilik berganini hozircha tasdiqlagani yo‘q.

Kiritildi: Bugun 09:20. O'qildi: 422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!