Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp AQSh fermerlari uchun 12 milliard dollarlik moliyaviy yordamni e’lon qildi

Tramp AQSh fermerlari uchun 12 milliard dollarlik moliyaviy yordamni e’lon qildi

AQSh prezidenti ma’muriyati amerikalik fermerlarga 12 milliard dollar moliyaviy yordam beradi.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, hukumat shu tariqa boshqa mamlakatlarga joriy qilingan tariflar natijasida olingan mablag‘larning "kichik qismidan foydalanmoqda".

“Biz bu mablag‘larni amerikalik fermerlarga 12 milliard dollarlik iqtisodiy yordam ko‘rsatish uchun ishlatamiz”, — dedi prezident. Uning qo‘shimcha qilishicha, yana bir qancha davlatlar, jumladan, Xitoy va Yaponiya AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishni ko‘paytirishga kelishib olgan.

Avvalroq Reuters va Bloomberg agentliklari Oq uy matbuot kotibiga tayanib, reja Vashingtonning boshqa davlatlarga bojlari va ularning javob choralari natijasida zarar ko‘rgan amerikalik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani haqida xabar berishdi. Ommaviy axborot vositalari Xitoyning savdo kelishmovchiligi tufayli AQShdan soya sotib olishni kamaytirgani sababli, xususan, AQSh ishlab chiqaruvchilari milliardlab dollar yo‘qotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 11:00 09.12.2025. O'qildi: 643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!