Qo‘shma Shtatlar dizel yoqilg‘isi eksportiga taqiq qo‘ymaydi.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda ma’lum qildi.
"Asosan, Yevropa juda yaxshi ish qildi, chunki ularda muomalada juda ko‘p dizel yoqilg‘isi mavjud. Ularda dizel yoqilg‘isi bor. Ular boshqa mamlakatlarga qaraganda bir necha baravar ko‘p dizel yoqilg‘isidan foydalanadilar va ular ajoyib ish qilishdi", dedi u.
Prezident dizel yoqilg‘isi eksportiga taqiq qo‘yish hech qachon ko‘rib chiqilmaganligini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Tramp Yevropa mamlakatlari o‘z zaxiralaridan sezilarli miqdorda dizel yoqilg‘isini chiqarishga rozi bo‘lganini e’lon qilgan edi.