AQSh prezidenti Donald Tramp amerikaliklarni Yevropa mamlakatlaridagi vaziyatga e’tibor qaratishga chaqiruvchi tasvirni e’lon qildi.
Amerika yetakchisi ushbu tasvirni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirgan.
Tasvirda qo‘lida yonayotgan mash’ala ushlagan kishi AQSh bayrog‘i tushirilgan eshik tomon harakatlanayotgani aks etgan. Norvegiya, Angliya, Shvesiya va Fransiya nomlari yozilgan qo‘shni xonalar esa olov ichida yoki yong‘in izlari bilan tasvirlangan.
Kishi oyog‘i ostida «Islom» yozuvi tushirilgan gilam joylashtirilgan. Tasvirning yuqori qismida esa: «Uyg‘on, Amerika!» degan chaqiriq yozilgan.