Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp 11 iyul kuni toshqindan zarar ko‘rgan Texasga borishni rejalashtirmoqda

Tramp 11 iyul kuni toshqindan zarar ko‘rgan Texasga borishni rejalashtirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp 11 iyul kuni Texasning eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlariga borishni rejalashtirayotganini aytdi.

U zudlik bilan shtatga borishga tayyorligini, biroq mahalliy hokimiyatga aralashishni istamasligini aytdi.

CNN avvalroq 80 kishi, jumladan 28 bola o‘lganini xabar qilgan edi. Gubernator Greg Ebbotga ko‘ra, kamida 41 kishi bedarak yo‘qolgan.

Suv toshqiniga kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan. Okrug sudyasi Robert Kellining aytishicha, rasmiylar oqibatlar ko‘lamini oldindan ko‘ra olmagani uchun oldindan evakuasiya qilmagan. Milliy ob-havo xizmati Gvadalupe daryosi qirg‘oqlaridan toshib ketishidan uch soat oldin ogohlantirish yuborganini aytdi.

Kiritildi: 11:35 07.07.2025. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!