Majburiy ijro byurosining Toyloq tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining 2025 yil 10 iyundagi ijro hujjatiga ko‘ra, javobgar SH.L.ning tarbiyasida bo‘lgan 2019 yil 25 iyunda tug‘ilgan D. ismli farzandni da’vogar X.M.ning tarbiyasiga olib berish belgilangan.
Majburiy ijro harakatlari davomida fuqaro SH.L.ga bolani onasiga topshirish va sud qarorini bajarish lozimligi tushuntirilgan.
Biroq, qaysar ota bolani onasiga berishni istamasligini bildirgan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlaridan so‘ng otadan bola olib, onasiga sog‘-salomat topshirildi.