Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

"Tottenxem" Keyn uchun "Real"dan qancha so‘rashi ma’lum bo‘ldi

"Tottenxem" Keyn uchun "Real"dan qancha so‘rashi ma’lum bo‘ldi

"Real" Xarri Keyn uchun 200 million funt to‘lashi mumkin.

Madrid klubi Karim Benzemaning jamoadan ketganini tasdiqladi va transfer oynasida yangi hujumchi qidiradi.

"Real" uchun asosiy variantlardan biri bu "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn.

The Independent xabariga ko‘ra, "shporlar" prezidenti Deniyel Levi futbolchi uchun ispan klubidan 200 million funt so‘rashi mumkin.

Daily Mail manbalari transfer muzokaralaridagi minimal summaning 100 million funt ekanligini bildirmoqda.

Keynga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda, biroq Levi o‘yinchini chempionatdagi eng yaqin raqibiga sotmoqchi emasligi qayd etilgan.

Angliyalik hujumchi joriy mavsumda APLning 38 o‘yinida 30 ta gol urdi.

Kiritildi: 08:00 05.06.2023. O'qildi: 1272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!