2022 yilning 14 iyun kuni O.G. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2020 yilning kuz faslida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, tanishlari orqali 4.000 AQSh dollari evaziga Toshloq tumanidagi yer maydonlaridan olib berishini aytib, pullarini olib bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni U.M. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.