Toshkent shahridagi sobiq TAPOiCH zavodi hududida qurilish ishlari amalga oshirilishi belgilangan hududlarda gaz tarmoqlarini demontaj qilish munosabati bilan ba’zi tumanlarda 28 yanvar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar issiq suv, isitish tizimi va gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qiladi.
Isitish tizimi va issiq suv o‘chiriladigan hududlar:
Mirobod va Sergeli tumani: Massivi Qo‘yliq massivi (5,6,7), Yangizamon, Bextereva-Sarikulskaya, Alimbekova, Fitrat ko‘chalari
Yashnobod tumani: Qo‘yliq massivi, Mumtoz, Oxangrabo ko‘chalari
Bektemir tumani.
Faqat Yashnobod tumani gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi.