Bugun 3 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentning ayrim hududlarida bir sutkaga ichimlik suvi o‘chiriladi

Toshkentning ayrim hududlarida bir sutkaga ichimlik suvi o‘chiriladi


3 avgust soat 10:00 dan 4 avgust soat 10:00 gacha Mirzo Ulug‘bek tumanidagi suv taqsimlash inshootida rejali profilaktika ishlari olib borilishi sabab poytaxtning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari davomida 5 ta magistral zulfin almashtiriladi.

Uzilish 22 ta mahalla, 884 ta ko‘p qavatli uy, 7 006 ta xonadon, 242 ta davlat va ijtimoiy soha muassasasi hamda 33 mingdan ortiq aholiga ta’sir qiladi.

Suvsiz qoladigan hududlarga ichimlik suvi maxsus transport vositalarida yetkazib beriladi.

Mutasaddilar aholidan zarur miqdorda ichimlik suvi zaxirasini oldindan tayyorlab qo‘yishni so‘radi.

Suv o‘chadigan hududlar ro‘yxati.

Maxsus mashinada suv yetkazib berish grafigi.

Kiritildi: 21:50 02.08.2026. O'qildi: 587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!