Bugun 3 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Armanistonda yangi hukumat shakllantiriladi

Armanistonda yangi hukumat shakllantiriladi

Armaniston hukumati yangi saylangan Milliy majlisning Yerevanda bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishida rasman iste’foga chiqdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan video murojaatida ma’lum qildi.

Pashinyanning aytishicha, hukumatning vakolatlarini topshirishi Armaniston Konstitusiyasining 158-moddasiga muvofiq amalga oshirilgan. Unga ko‘ra, hukumat yangi parlamentning birinchi yig‘ilishi kuni iste’foga chiqishi shart.

Yangi hukumat shakllantirilgunga qadar amaldagi Vazirlar Mahkamasi o‘z vazifalarini vaqtinchalik maqomda bajarishda davom etadi.

Bosh vazirning ma’lum qilishicha, hukmron «Fuqarolik shartnomasi» partiyasi bosh vazir lavozimiga o‘z nomzodini 2 avgust kuni taqdim etadi.

Armanistonda parlament saylovlari 7 iyun kuni bo‘lib o‘tgan. Ularning yakunlariga ko‘ra, hokimiyatdagi partiya parlamentda ko‘pchilikni saqlab qolgan, biroq konstitusiyaviy ko‘pchilikni qo‘lga kirita olmagan.

Yangi chaqiriq Milliy majlisning birinchi yig‘ilishi yana bir voqea bilan e’tibor tortdi. Ilk bor mamlakat tarixida Barcha armanlar katolikosi Garegin II parlamentning birinchi majlisiga taklif etilmadi.

Kiritildi: 21:30 02.08.2026. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!