Bugun 3 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Afrikadagi eng uzun tezyurar avtomagistraliga Tramp nomi berildi

Afrikadagi eng uzun tezyurar avtomagistraliga Tramp nomi berildi

Marokash qiroli Muhammad VI Afrikadagi eng uzun tezyurar avtomagistraliga Donald Tramp nomini berdi.

​"Ushbu do‘stlik va tinchlik guvohligiga hurmat belgisi sifatida, shuningdek, o‘zimning yuksak hurmatimning shaxsiy ifodasi o‘laroq, Men Qirollikning eng muhim yo‘l magistrallaridan birini "Donald J. Tramp shossesi" deb nomlashga qaror qildim. Uzunligi 1055 kilometrdan ortiq bo‘lgan ushbu yo‘l butun Afrikadagi eng uzun yo‘l magistrali hisoblanadi", — deyiladi qirolning AQSh prezidentiga yo‘llagan maktubida.

​Marokash qiroli Muhammad VI Tiznit — Daxla (1055 km) yo‘lini AQSh tomonidan qirollikning G‘arbiy Sahroi Kabir ustidan suvereniteti tan olingani uchun minnatdorchilik sifatida shunday nomlashini qayd etgan.

Kiritildi: 20:35 02.08.2026. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!