Toshkent shahar hokimligiga ko‘ra, bozorning odatiy ko‘rinishi, ixtisoslashuvi va o‘ziga xos muhiti saqlab qolinadi.
Yangilanish doirasida hudud obodonlashtiriladi, sanitariya va xavfsizlik sharoitlari yaxshilanadi, qulay yo‘laklar, infratuzilma va avtoturargohlar tashkil etiladi.
Asosiysi, bozorda ishlayotgan sotuvchilar o‘z savdo joylarini saqlab qoladi.
"Ayni paytda bozorni yangilash konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Loyiha keyinchalik jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, aholi va tadbirkorlar o‘z fikr va takliflarini bildirishi mumkin bo‘ladi.", deyiladi hokimlik xabarida.